Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi qanday huquqlarga ega?

✅ Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi huquqlari (http://www.lex.uz/docs/4704#5901): ⬇️

👉 tovarni shunday markali tovarga almashtirib olish;

👉 tovarni boshqa markali (modelli) tovarga almashtirib, narxini qayta hisob-kitob qilish;

👉 nuqsonlarni bepul bartaraf etishni yoki xarajatlarni qoplashni talab qilish;

👉 narxni nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

👉 shartnomani bekor qilish va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli, bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

✅ Mazkur huquqlarni amalga oshirish uchun tovarning nuqsoni quyidagi muddatlarda aniqlangan bo‘lishi lozim, ya’ni: ⬇️

👉 tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;

👉 kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha 6 oy mobaynida;

👉 ko‘chmas mulk iste’molchiga sotilgan kundan boshlab 2 yil ichida;

👉 mavsumiy tovarlar uchun Hukumat tomonidan belgilangan muddatda.

 

✅ Nuqsonli tovar sotuvchiga quyidagilar bilan birga qaytariladi: ⬇️

👉 tovarning kassa (tovar) cheki;

👉 tovarning texnik pasporti (kafolat muddati belgilangan tovarlar uchun).

✅ Iste’molchi tovarda kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi): ⬇️

👉 uni ayni shunday markali tovarga 7 kunlik muddatda;

👉 tovar sifatini qo‘shimcha tekshirish zarur bo‘lganida 20 kun ichida;

👉 ayni shunday markali tovar bo‘lmaganda 1 oy ichida;

👉 cho‘l va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda esa ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin 2 oydan kechiktirmay almashtirib berishi shart.