Nurobodda 9 oyda 23,5 millard so‘mlik iste’mol tovarlari, 103,6 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Nurobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 103,6 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,6 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida 23,5 milliard so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2018 yilning mos dariga nisbatan 105,5 foiz o‘sishga erishildi. Jumladan, 8,1 milliard so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, umumiy hajmga nisbatan 34,5 % ni tashkil qildi.

9 oy davomida 15,4 milliard so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2018 yil mos ravishda 109,0 foiz va 103,8 foiz) ishlab chiqarildi.

Joriy yil boshidan tumanda 103,6 millirad so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, tayyorlangan ushbu mahsulotlarning barchasi kichik biznes sub’yektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.