Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda zamonaviy avtoboshbekat foydalanishga topshirildi

Nurobod tuman markazida avtoboshbekat qurib, foydalanishga topshirildi.

Avtoboshbekatda o‘nlab yo‘nalishlar bo‘yicha tuman qishloqlari, Samarqand shahri hamda shaharlararo qatnovchi avtobus va taksi xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

E’tiborlisi, bu yerda haydovchilar va yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Xususan, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xonasi, kutish zali, ona va bola xonasi, mehmonxona va ovqatlanish joyi tashkil etilib, zarur anjomlar bilan jihozlangan.

Bu yerda tashkil qilingan avtobuslarga chiqish va tushirish perronlarida nogironlarning ehtiyojlari ham hisobga olingan. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida avtoboshbekatda videokuzatuv kameralari orqali nazorat o‘rnatilgan.