O‘zbekistonda COVID-19 ning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi.

Uchrashuvda vazir hozirda vaziyatning barqarorligi xotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmasligini aytgan. Boshqa mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, COVID-19 ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi, degan tushuncha mavjud. Buning uchun mamlakatda unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan 150 dan ortiq shifoxonadan ayni paytda 40 ga yaqini faoliyat ko‘rsatayotgani, qolganlari zarurat tug‘ilganda yana koronavirus bilan kasallangan bemorlarni qabul qilishlari uchun saqlab qolingani qayd etildi.