OAV: Eron harbiylari adashib o‘z kemasini o‘qqa tutdi

Eron harbiy dengiz kuchlariga tegishli bo‘lgan “Esminets” harbiy kemasi mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan vaqtda adashib o‘zlarining boshqa harbiy kemasini o‘qqa tutdi. Bu haqda Lenta.ru nashri, AAA agentligi bergan ma’lumotga tayanib xabar qildi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, favqulodda vaziyat oqibatida o‘qqa tutilgan kemaning barcha ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Mazkur voqea Ummon ko‘rfazida yuz bergan.

RIA Novosti nashri taqdim etgan xabarga ko‘ra, Eron armiyasining axborot xizmati sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz voqea oqibatida kamida 19 nafar harbiy halok bo‘lganini va 15 nafar harbiy jarohatlanganini ma’lum qilgan.