Ob-havo: Ertaga Samarqandda yomg‘ir yog‘adi
- 18.03.2019 07:55
- 751
- Samarqand

Samarqand viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bugun - 18 mart kuni viloyat hududida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr sekundga yetadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
19 mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Yengil shamol esib, kechasi 7-12 daraja, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Teglar:
ob-havo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nurobodni chang-to‘zondan qanday asraymiz?
- Bugun, 10:49
- Samarqand
Hamma onalarga o‘xshagan onam
- Bugun, 07:14
- Mutolaa
"Shifobaxsh" olma
- 07/09, 13:46
- Mutolaa