Og‘ir sharoitlarga qaramay, odamlar yashab kelayotgan joylar
Dunyoda haqiqatan ham hayotiy faoliyati va yashash sharoitini tasavvur qilib bo‘lmaydigandarajadagi og‘ir joylar, uylar bor.
Suv ustidagi xarobalar – Makoko, Gabon
Aholisi 200 mingga yaqin Venesiyaning "analogi" bir vaqtlar oddiy baliqchilar qishlog‘i bo‘lgan.Suv ustidagi haqiqiy xarobalarga aylangan kichik Makoko shahrida kim qanday xohlasa, shunday uy quradi. Mahalliy hukumat bu noqonuniy hududni umuman tan olmaydi.
Shoshilinch ravishda yig‘iladigan kulbalarda hech qanday qulaylik yo‘q - barcha tabiiy va "g‘ayritabiiy" ehtiyojlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvga tashlanadi. Bu yerda qo‘ni-qo‘shni va tanish-bilishlaridan uyalmaydigan, hech narsasi yo‘q, eng kambag‘al yoki umidsiz odamlar baliq tutib, kun ko‘radi.
La Rinkonada - kislorodsiz shahar, Peru
Inson dengiz sathidan 4 ming metrdan yuqorida darhol kislorod yetishmasligini sezadi, bu tanani ichkaridan sezilmas tarzda "yiqitib qo‘yishi" mumkin...
Qattiq shamol esib o‘tadigan muzli makon, kislorodsiz ko‘chalari yashash uchun eng yomon joylardan biri hisoblanadigan 5 ming metr balandlikda joylashgan Yerdagi eng baland aholi punkti - La Rinkonadada taxminan 30 ming kishiistiqomat qiladi. Deyarli butun aholi, juda kamdan-kam istisnolardan tashqari, kasal odamlardir. Shunga qaramay, ular ko‘chib kirib o‘zlashtirilgan uylarini tark etishga shoshilmaydi,chunki bu yerga yaqin joyda mamlakatga katta daromad keltiradigan oltin konlari joylashgan.
Maniladagi ko‘prik ostidagi uylar -Filippin
Bir paytlar Yevropada turar-joy binolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘priklar ustiga qurilgan. Tabiiyki, bu an’ana o‘ta xavfli amaliyot sifatida O‘rta asr o‘tmishida qolib ketgan.
Aholisining aksariyati qashshoqlik darajasidan past hisoblanadigan Manilada ko‘priklarda va ko‘priklar ostida yashash qurilish materiallartejashning eng keng tarqalgan va maqbul variantlaridan biridir. Shu bilan birga, bu yerda eng oddiy hayot davom etmoqda - uy bekalari kir yuvishadi, bolalar maktabga borishadi, erkaklar esa iloji boricha (agar bo‘lsa) yerlarga ishlov berishadi. Bunday turmush tarzi har yili qurbonlar va jarohatlar ko‘p bo‘lishining asosiy sabablaridan biriga aylanishga ulgurgan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.