O‘g‘irlangan… kuyovlar
Hindlarda qiziq odat bor. Turmushga chiqayotgan qiz taraf kuyovga katta sep berishi shart. Qizini uzatmoqchi bo‘lgan hamma ota-ona ham bunday imkoniyatga ega emas. Shu bois Buxar va Uttar-Pradesh shtatlarining ayrim hududlarida qiz emas, kuyov o‘g‘irlik qurboni bo‘ladi.
Qiziga sep berishga qurbi yetmagan bechora ota kuyovni o‘g‘irlaydi. O‘g‘irlanib, qo‘li bog‘langan kuyov nikoh marosimiga to‘pponcha o‘qtalgan qaynotasi kuzatuvida olib kelinadi va u hech qanday sepga da’vo qilmasligi haqida tilxat bergach, nikox o‘qiladi. Eh, bechora kuyovlar!
Jirafaning yostig‘i
Qiziq, bo‘yi daroz jirafa qanday qilib uxlar ekan-a?
Kuzatilishicha, kuniga ikki soatdan ko‘proq uxlash jonivorga yetarli ekan. Bu mayda o‘txo‘rlar orasida eng kam vaqt. Ikkinchidan, qiziq holat - jirafa uxlash uchun tanasini yostiq qilib, bo‘ynini bo‘kkanicha, unga boshini qo‘yib uxlarkan.
Sirli rasmlar
Fransiya g‘allazorlarida g‘alati shakldagi rasmlar paydo bo‘ldi.
Ilgari bu hodisa haqida xabarlar faqat Angliyadan kelardi. Bu sirli naqshlar - g‘alla maysasidan aylana shaklida hosil qilingan. Rasmlarni suratga olgan uchuvchilar hayratda qolishdi: Axir ularni internetda emas, bepoyon dalada o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar-da.
Raqsga tushgan jin
Amerika fuqarosi Vevian Gomes hovlisidagi kuzatuv kamerasiga tunda tasvirga tushib qolgan maxluqni namoyish qildi.
Vedioda uydagi multfilmdagilarga o‘xshash panjalari ingichka va uzun jin raqsga tushar edi. Vedioni tekshirib ko‘rgan Vevian uni ko‘rib esi og‘ib qolayozdi. Bu hodisaga na fan, na folbinlar tayinli izoh berishgani yo‘q.
T.Shomurodov tayyorladi.