O‘n oyda 1700 dan ortiq oilaviy korxona tashkil etildi

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 noyabrigacha, davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxonalar soni 4197 tani va faoliyat yuritayotganlari soni 3985 tani tashkil etgan. Yilning o‘tgan 10 oyida esa 1703 ta oilaviy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Oilaviy korxonalarning 1291 t asi sanoat, 1114 tasi yashash va ovqatlaninsh bo‘yicha xizmatlar, 864 tasi savdo, 318 tasi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari, 64 tasi qurilish, tashish va saqlash, 13 tasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar, 39 tasi axborot va aloqa, 282 tasi boshqa sohalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarni shahar va tumanlar kesimida tahlil qilinganda Samarqand shahrida 1217 ta, Past Darg‘om tumanida 429 ta, Samarqand tumani 423 ta, Ishtixon tumani 373 ta, Payariq tumani 335 ta, Toyloq tumani 265 ta, Urgut tumani 232 ta, Jomboy tumani 167 ta, Oqdaryo tumani 116 ta,  Bulung‘ur tumani 115 ta, Narpay tumani 94 ta, Kattaqo‘rg‘on tumani 100ta, Nurobod tumani 38 ta, Kattaqo‘rg‘on shahrida 33 ta, Qo‘shrabot tumani 27 ta hamda Paxtachi tumanida 21 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.         

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi  axborot xizmati.