Ona va bola is gazidan zaharlanib vafot etdi

Toshkentda is gazidan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, kecha, 5 yanvar kuni soat 22:10 larda Yunusobod tumani, Bobodehqon mahallasida yashovchi N.I. (1987 yilda tug‘ilgan) va uning farzandi D.T. (2017 yilda tug‘ilgan) uyining yuvinish xonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etganlar.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.