Onalar bolasini bir yoshga to‘lmasdan kutubxonaga olib kelishi yaxshi natija berishini bilasizmi?

Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida oliy va o‘rta maxsus ta’limi muassasalarining kutubxona mutaxassislari uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda AQSh kutubxonalari fondi ijrochi direktori Miss Merris Sumrell o‘z tajribalarini ko‘rgazma vositalari yordamida tushuntirmoqda. Uning aytishicha, onalar bolasini bir yoshga to‘lmasdan kutubxonaga olib kelishi yaxshi natija beradi. Bu tajribada o‘z isbotini topgan. Qolaversa, bolaga kitob tutganda, albatta, rag‘bat va u yoqtiradigan narsa ulashish lozim.

P/S: Bizda esa bolani kitobga qiziqtirish uchun, avvalo, ona homiladorlik payti ko‘proq kitob o‘qish kerak, deb hisoblanadi. Bu tadbir allaqachon o‘z isboti topgan. Mutafakkir ota-bobolarimizning onalari aql-zakovotda tengsiz bo‘lishgan.