Oqdaryoda zamonaviy korxona faoliyat boshladi
- 02.03.2020 13:30
- 355
- Samarqand
Oqdaryo tumanida "Afrasiab jeans textile" korxonasi ish faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Jinsi matohlari va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxonani qurib, ishga tushirish uchun 40 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflandi.
Bir yilda 22 million pagonometr mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada ayni paytda 1100 nafar mahalliy aholi muqim ish bilan ta’minlangan.
Baxtiyor Mustanov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa