O‘quvchilar viloyat hokimi kubogi uchun bellashmoqda

Samarqand shahridagi yoshlar markazida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha viloyat hokimi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyatdagi 16 ta tuman (shahar)dan to‘rt kishidan iborat bittadan jamoa qatnashmoqda.

Turnir avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari H.To‘xtayev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqada birinchi o‘rinni egallagan jamoa 50 million so‘m bilan, ikkinchi o‘ringa 25 million so‘m, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa 15 million so‘m pul mukofoti, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.