O‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar oliygohlarning sirtqi bo‘limiga qabul qilinishi mumkin
- 27.04.2022 11:05
- 752
- Ta’lim
Maktablardagi o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar OTMning bakalavriat sirtqi bo‘limiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Hukumatning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar mos bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirish imtihonlarida ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lishi va kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Qayd etilishicha, maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etuvchi o‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., pasport seriyasi va raqami, JShIR, pedagogik ish staji, ish yuritadigan ta’lim muassasasi va hududi) Xalq ta’limi vazirligining dasturiy kompleksi – ERP axborot tizimidan Davlat test markazining maxsus dasturi (my.dtm.uz)ga integratsiya qilish orqali aniqlanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 1 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa