Osiyo taraqqiyot banki Tojikistonga koronavirus bilan kurashishga yordam beradi
- 31.07.2020 10:40
- 37
- COVID-19
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) koronavirus pandemiyasi bilan kurash olib borayotgan Tojikiston sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga qo‘shimcha himoya vositalari sotib olish uchun 928 ming AQSh dollari qiymatida mablag‘ ajratdi. Bu haqda OTBning Dushanbedagi vakolatxonasi matbuot kotibi Tatyana Yevstifeyeva RIA Novosti nashriga ma’lum qildi.
“928 ming dollar qiymatidagi OTB granti tibbiy mahsulotlar sotib olishga sarflanadi. Jumladan, himoya nimchalari, niqoblar, qo‘lqoplar, bosh kiyimlar va boshqa zaruriy vositalar”, dedi u.
Yevstifeyevaning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy mahsulotlar uch bosqichda olib kelinadi. Birinchisi avgust oyida Kambojidan kelishi kutilmoqda. Ikkinchi va uchinchilari esa avgust-sentyabr oylarida Xitoydan keltiriladi.