Osmondan yoqqan olmos
Odatda osmondan Yerga tushadigan oddiy metyeoritlar zarar yetkazmaydi. Ammo boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Misol uchun, 1880 yilda AQShda uncha katta bo‘lmagan myetyeorit eshakni, 1911 yilda Misrda itni o‘ldirgan.
1928 yil yanvarda Yaponiyada og‘irligi atigi 0,2 gramm bo‘lgan meteorit qizaloqni yuzini jarohatlagan. 1924 yil AQShda og‘irligi 4 kilogrammga yaqin tosh tomni va shiftni teshib, radiopiryomnikka urilgan va otilib, uy bekasini yarador qilgan.
1892 yil Argentinada qazilmalar chog‘ida 6 metr chuqurlikdan million yillar ilgari qirilib ketgan yirik kaltakesak - Megateriyaning skeleti topildi. Aniqlanishicha, uni meteorit o‘ldirgan. Meteorit ham yonidan topilgan.
Yer yuzida muz meteoritlar ham uchraydi - 1955 yil 30 avgustda AQShning Viskonsin shtatida Yerga qulagan og‘irligi 5,5 kilogramm bo‘lgan kometa yadrosi muz bo‘lagi aniqlangan. Erigan muz suvi tekshirilib ko‘rilganda uning kelib chiqishi kosmosdan ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Xuddi shunday osmondan qulagan muz meteorit 1979 yilda Mokvadagi Podolski shaharchasida ham kuzatildi. Tarkibi olmosdan iborat meteoritlar ham bo‘lgan. 1886 yilda Rossiyaning Zavolje oblastida topilgan shunday meteorit «Yangi Urey» deb ataldi. 1971 yil Finlandiyada ham kosmosdan tushgan tosh aniqlandi, u tarkibiga ko‘ra olmos ekan.
T.Shomurodov tayyorladi.