OTMga kirish test sinovlari uchun 70 ta bino hozirlanmoqda

Bu haqda bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan "Karantin davrida ta’lim tizimidagi cheklovlar, qabul jarayonlari va sohaga oid boshqa o‘zgarishlar"ga bag‘ishlangan brifingda Davlat test markazi direktori Majit Karimov xabar berdi.

Bugungi kunga qadar oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan 70 ta binoda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Binolarni jihozlash ishlari 20 iyulga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Binolarda bir vaqtda 840 ta guruh uchun, ya’ni ijtimoiy masofani saqlagan holda 25 200 nafar abituriyentga joy tayyorlanmoqda.

 Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga dezinfeksiya yo‘lakchasi orqali, tana harorati tekshirilib, tibbiy niqob va rezina qo‘lqopda kiritiladi.