O‘tmishdagi g‘ayrioddiy ixtirolar

Bugun e’tiboringizga o‘tmishdagi bir nechta “nou xau”(yangilik)larni namoyish etmoqchimiz. Ta’kidlash lozimki, ajoyib kashfiyotlar sinovlar va xatolar orqali sodir bo‘ladi. Birgina kerakli ixtiroga minglab bahsli va g‘alati ixtirolar qarshi turishi mumkin. Ba’zi g‘oyalar patent va timsollar darajasida qolib ketadi, boshqalari vaqtincha mashhurlikka erishadi, ammo oxir-oqibat ular ildiz otmaydi.

Dush kapyushoni (1970 yil)

Немецкая актриса демонстрирует «капюшон для душа», позволяющий мыться, не навредив укладке.

Suratdagi nemis aktrisasi soch turmagiga zarar yetkazmasdan yuvish imkonini beradigan “dush kapyushoni”ni namoyish qilmoqda.

Impulsoriya (1850 yil)

8 необычных изобретений из прошлого, которые сегодня вызывают разве что недоумение

XIX asrning o‘rtalarida italiyalik ixtirochi yugurish yo‘lakchasiga otlarni qo‘ydi va harakatlanadigan ot uzatmali motorsiz lokomotivni oldi. Maksimal tezlik soatiga 11 kilometrni tashkil qilardi. Mo‘’jizaviy ixtiro 1851 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etildi, ammo bu ixtiro ushbu ko‘rgazmadan nariga o‘tmadi.

Mo‘ylovlar uchun niqob (1876 yil)

8 необычных изобретений из прошлого, которые сегодня вызывают разве что недоумение

Janoblar chindan ham mo‘ylovlarini ovqatga bulg‘ashni yoki ichimliklarga botirishni yoqtirishmasdi, shuning uchun amerikalik ixtirochi bu muammoni hal qilish uchun yechim taklif qildi. U hatto o‘z ixtirosini patentladi. Mo‘ylovlar uchun himoya ommaviy ishlab chiqarishga kirishildi, biroz vaqt o‘tgach, nihoyatda bema’ni va kulgili ko‘rinishi sababli unga talab susaydi.

Izolyator (1925 yil)

8 необычных изобретений из прошлого, которые сегодня вызывают разве что недоумение

Yo‘q, bu suvosti jihozlarining bir qismi emas. Moslama izolyator deb nomlangan va ixtirochisi o‘ylaganidek, barcha shovqinlarni qaytarish va diqqat jamlash uchun mo‘ljallangan edi. Kislorod idishi bir tekis va chuqur nafas olishga yordam berardi. Hugo Gensberkning ixtirosi ilmiy jurnallarda keng yoritilgan, keyinchalik u hayotda qo‘llanilmay qolgan.

Rezinali bamper (1932 yil)

8 необычных изобретений из прошлого, которые сегодня вызывают разве что недоумение

100 yil oldin avtoulovlar ko‘payib, avtohalokatlar soni o‘sib borgan. Suratdagi londonlik ixtirochi piyoda bilan to‘qnashganda, uni ohista orqaga uloqtirib, o‘ziga xos skameykaga aylanib qoladigan rezina bamperni namoyish qilmoqda.

Itlarni tashuvchi moslama (1936 yil)

8 необычных изобретений из прошлого, которые сегодня вызывают разве что недоумение

Yana bir g‘ayrioddiy “nou-xau” - “Ommabop mexanika” jurnalida chop etilgan itlar aravachasining chizmasi. O‘sha paytda tezlik pastroq bo‘lganligi aniq, biroq bu g‘oya keng tarqalib ketmaganiga itlar yengil tortgan bo‘lsa, ajabmas.

Onamobil (1930 yillar)

8 необычных изобретений из прошлого, которые сегодня вызывают разве что недоумение

Bolalar aravachasi va o‘t o‘rgich orasidagi bu moslama juda sekin yurardi, ammo uning chizmasi hozir ham noqulay va xavf-xatardan xoli ko‘rinmaydi. Ixtiro o‘tgan asrning 30-yillarda Angliyada bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada namoyish etilgan va yaxshiyamki, u unutilgan.

Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.