OTMlarda o‘qish qachon tugashi haqida tarqatilgan xabar yolg‘on

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020-o‘quv  yilining bahorgi semestri joriy yilning 1 iyul kuniga qadar to‘liq yakunlanishi haqida navbatdagi noto‘g‘ri xabarlar tarqatilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga kiritiladigan o‘zgarishlar haqida vazirlik o‘z rasmiy sahifalari va OAV orqali rasmiy ma’lumot e’lon qiladi, deya ma’lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Shu sabab talaba-yoshlar va ularning ota-onalaridan hamda keng jamoatchilikdan oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga oid ma’lumotlar bilan vazirlikning rasmiy sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanishib borishni tavsiya qilamiz.

Talabalar va o‘quvchilardan esa diqqat-e’tiborlarini karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda salomatliklarini saqlash va masofadan ta’lim olish bo‘yicha vazirlik tomonidan yaratilgan resurslardan unumli foydalanib, o‘z ustida ishlashga qaratishlarini so‘raymiz.