OTMlarda tahsil olayotgan yetim bolalar davlat qaramog‘ida bo‘ladi
- 24.11.2020 11:00
- 67
- Ta’lim

Hukumat qaroriga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar barcha ta’lim muassasalari, shuningdek, OTMda ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda BHMning 2 baravari miqdorida (446 ming so‘m) pul mablag‘lari to‘lanadi.
To‘liq davlat ta’minoti o‘z ichiga:
➖ pul nafaqalari;
➖ oziq-ovqat mahsulotlari;
➖ kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar;
➖ transport kartochkalarini oladi.
Davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun BHMning 100 baravari (22 million 300 ming so‘m), yo‘l xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 million 115 ming so‘m) miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Soxta mulozamat kimga kerak?
- 1 soat avval
- Jamiyat
Muhammad Alining ilohiy kuchi
- Kecha, 18:50
- Mutolaa
Odamlar bir-biriga yordam bermay qo‘ydimi?
- Kecha, 18:35
- Mutolaa
Puli ko‘p odam boymi?
- Kecha, 18:24
- O'qing, qiziq!