O‘z davrining ashaddiy firibgari — 70 dan ortiq ayolni aldagan Lajun kim edi?
Badavlat fuqarolarni “ship-shiydam” qilish uchun o‘zining kelishganjussasi va chiroyli ko‘rinishdan foydalanadigan jinoyatchilar bor. Yuriy Lajun sobiq SSSR bo‘ylabetmishdan ortiq ayollarni talon-taroj qilishga muvaffaq bo‘lgan o‘taketgan“xotinboz”lardan biribo‘lgan.
Firibgar va uning qurbonlari
Yuriy Lajunning kelib chiqishi haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q. Tergov jarayonida uning tug‘ilgan joyi, kelib chiqishi va ota-onasi kim bo‘lgani aniqlashining imkoni bo‘lmagan. Lajun o‘zining jinoiy yo‘lini o‘tgan asrning 60yillarida boshlagan.
Sobiq ittifoqning ko‘plab shaharlarida militsiya u aldagan ayollardan ko‘rsatmalar ola boshlaydi. Shikoyatlarining mohiyatishunday edi:firibgar kutilmaganda paydo bo‘ladi, keyin bir necha kun o‘ljasini maftun qiladi, uning bor-yo‘g‘ini shipirib olib, to‘satdan noma’lum tomonga g‘oyib bo‘ladi.
Jinoiy faoliyat zanjiri quyidagicha bo‘lardi: u katta aholi punktini tanlab, o‘sha yerdagi yaxshi mehmonxonalarning biridajoylashadi. Deyarli har doim firibgar o‘zini qandaydir yashirin tashkilotlarilmiy tadqiqotchisi sifatida tanishtiradi.
Tashqi ko‘rinishi o‘sha paytdagi fransuz mashhur aktyori Alen Delonga bir oz o‘xshashligi unga tanlanganlarini darhol “o‘ziga jalb qilish” imkoniyatini berardi.
Lajunning birinchi qurboni Kalugalik Natalya Orlovskaya bo‘ldi. U bir necha kun ichida ayolni o‘ziga rom qilishga muvaffaq bo‘ldi va hatto uni Moskvada yashashga taklif qildi. Sal o‘tib Lajun ko‘chib o‘tishga tayyor turgan Orlovskayaga o‘g‘irlik sodir bo‘lib hech vaqosiz qolgani, endi yashashga puli yo‘qligini aytadi. Ayol, shubhasiz unga ikki yuz rublchiqarib beradi, u esa darhol g‘oyib bo‘ladi.
Ushbu tanishuvdan oldin jinoyatchibir kecha uyida qolgan Kalugalik taksi haydovchisi uyini “tozalab” ketadi.Minskda u hatto yangi oila qurib, xotinining taqinchoqlarini o‘g‘irlash uchun soxta nikohdan o‘tadi. To‘yning ertasigayoqfiribgar yo‘qolib qoladi.
Sochi, Odessa, Riga, Pskov, Tallin va boshqa shaharlarda o‘g‘irlikka uchragano‘ljalar ro‘yxati faol ravishda kengayib boradi. Sxema oddiygina bo‘lib,maftunkor tovlamachinifaqat jamiyatda yuqori ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan badavlat ayollar qiziqtirar,Yuriyularni o‘ziga oshiq qilib olib, qarzga pul so‘rar, pulni olgach, bir kun ichida izsiz g‘oyib bo‘lardi.
Tergov ishi firibgarni o‘n yildan ko‘proq vaqtdan beri qidirgan tergovchi Daynekogatopshiriladi. Shaxsni aniqlashning iloji bo‘lmagani uchun tergov juda uzoq davom etadi. Negaki, jinoyatchi Ittifoq hududi bo‘ylab tez harakatlanar, turar joynini tez-tez almashtirib turib, soxta taxalluslar ostida “ishlar”di.
Tergov ochilishitasodifiyro‘y beradi, bir erkak tuzilgan fotorobotda uni o‘z hamkasbi deb tan oladi, Lajununing pullarini ham o‘g‘irlagan ekan. Militsiyaga aytib berishicha, suratdagi Yuriy Lajunbirga poyezdda ketayotganlarida, ular hamkasb ekanligi va malaka oshirish uchun bir joyga ketayotganlarini aytib,undan qarz berib turishini so‘ragan. Poyezddan chiqayotib, u noma’lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lgan.
Firibgar Gatchina shahrida yana bir bor ayolni aldamoqchi bo‘lib turganida qo‘lga olinadi. Ayol uni fotorobotdagi suratdan tanib, huquqni muhofaza qilish organlariga qo‘ng‘iroq qiladi. Belgilangan uchrashuv joyida uni militsiya xodimlari kutib oladi.
Jazo
Oradan biroz vaqt o‘tgach, tovlamachi Yuriy Lajunga nisbatan sud jarayoni boshlanadi. Ungamol mulkini oldirib qo‘yganlarning aksariyati kelgan edi. Jarayon ishtirokchilarini hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, jabrlanuvchilarning bir qismi suddan firibgarga nisbatan shavqat qilib, yengil hukm chiqarishni so‘raydi. Biroq, sud organiu sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha tegishli hukm chiqarib, Lajunga eng yuqori jazo - otib o‘ldirishga hukm chiqardi.Hukm 1975 yilda ijro etiladi.