O‘zbekiston BAAda ishlash uchun 1 millionga yaqin odam yuborishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migrantlarini jo‘natish sohasida hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda UPL nashri xabar berdi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Manbalarning ma’lum qilishicha, yaqin kelajakda O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklariga qariyb 1 million kishini mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yuboradi. Tomonlar ushbu rejani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Hozirgi kunda har yili BAAga 4,2 ming kishi ishlashga ketadi. Ushbu mamlakatdan pul o‘tkazmalar miqdori 35 million dollarni tashkil etadi.