O‘zbekiston joriy yil oxiriga qadar Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyaning COVID-19 ga qarshi “Sputnik V” vaksinasi klinik sinovlarini 2020 yil oxiri va 2021 yil boshlarida boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda 28 noyabr kuni SSV rahbari Abduhakim Xojiboyev jurnalistlarga ma’lum qildi.

Joriy yilning sentyabr oyida Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar jamg‘armasi (RFPI) O‘zbekistonning “Laxisam” farmatsvetika kompaniyasi bilan 2020-2021 yillarda O‘zbekistonga 35 million dona emlash hajmidagi “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi. Keyinchalik “Laxisam” vakili RIA Novosti nashriga respublikaning nazorat qiluvchi organlari bilan yetkazib berishni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

“Ijobiy javob bo‘lsa (RFPIdan), biz ushbu vaksinaning klinik sinovlarini joriy yil oxirida yoki keyingi yil boshlarida boshlashni rejalashtirmoqdamiz”, dedi Xojiboyev “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda qo‘llash ehtimoli to‘g‘risida berilgan savolga javob qaytarar ekan.

Shu bilan birga, Xojiboyev O‘zbekistonda klinik sinovlardan o‘tkazilishi uchun xitoylik hamkorlar tomonidan 6 ming dona emlash vaksina olib kelinganini qo‘shimcha qildi.