"O‘zbekiston pochtasi" xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qisman tikladi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ 2020 yil 20 apreldan boshlab xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborishni qisman tikladi. Bu haqda AKT vazirligining axborot xizmati xabar berdi.

Hozirda, 38 ta davlatga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qabul qilish boshlandi. Jo‘natmalar yuk tashishni amalga oshiruvchi aviaqatnovlar orqali joriy yil 20 apreldan 1 iyungacha dunyoning 38 davlatiga “Extra” tarif rejasi asosida xalqaro aviapochta jo‘natmalarining yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida 20 martdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” AJ yuboriladigan pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi.