O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni qancha?
- 11.12.2020 17:00
- 81
- Samarqand

AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov ushbu savol yuzasidan axborot berdi:
«Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni — 22,1 milliondan oshdi. Shundan, mobil internet foydalanuvchilari soni — 19 millionni tashkil etmoqda.
Magistral transport telekommunikatsiya tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2 ta loyiha yakunlandi. Natijada respublika bo‘yicha 237 ta ob’yektda qurilmalar o‘rnatiladi.
Shuningdek, «Optik tolali aloqa liniyalarini qurish» loyihasi doirasida rejalashtirilgan ob’yektlarga qadar 19 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 55,6 ming kilometrga yetkazildi (yil rejasi 10 ming kilometr)».
Teglar:
internet
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Elektrchilarga yangi mashina va maxsus texnikalar berildi
- 24 daqiqa avval
- Samarqand
Endi Ishtixonda ham malina yetishtiriladi
- 39 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi
Jamoat transporti yo‘lovchilar talabiga javob beryaptimi?
- 48 daqiqa avval
- Samarqand
Navro‘z qachon paydo bo‘lgan, sumalak-chi?
- 2 soat avval
- Mutolaa