O‘zbekistonda qorag‘at va qulupnayning yangi navlari yaratildi

O‘rganish natijalariga ko‘ra, akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari oltin smorodinaning uchta yangi navi: “O‘zbek shirinligi”, “Oydin” va “Yodgor” patent olindi.

O‘zbekistonda birinchi marta R.Shreder nomidagi mevachilik va rezavor mevachilik institutida olimlar Siyum Yagudina va Ravshan Abdullayevlar tomonidan qorag‘atning yangi navlarini yaratish ustida ish boshlangan.

Oltinsimon qorag‘atning yangi yaratilgan navlari orasida “Siyuma”, “Iroda”, “Ruxshona”, “Oltinoy”, “Do‘stlik”, “Gulnoza”, “Eliksir” kabi navlari bor. Bu navlar barcha hududlarda yetishtirish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Shuningdek, akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida qulupnayning uchta yangi navi yetishtirildi.

Issiqxona va ochiq maydonda yetishtirishga mo‘ljallangan “Dildor” navi yiliga 5-6 oylik hosil beradi. Hattoki, issiq yoz kunlariga yaxshi toqat qiladi. Shuningdek, "Kamola" va "Dilnoz" navlari yiliga bir marta hosil beradi va ochiq yerga yetishtirish uchun mo‘ljallangan. Qayd etilishicha, ayni paytda bu navlarning ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

Mamlakatda qulupnayning “Uzbekistanskaya”, “Culver”, “Tashkentskaya”, “Muto” (Qrim), “Zenga-Zengana”, “Miss Uzbekistan”, “Beautiful”, “Redgountlet”, "Kobra" va "Medvey" kabi navlari o‘sadi.

Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida qulupnay plantatsiyalari tashkil etildi.