Kattaqo‘rg‘onda qulupnay ko‘chati seyalkada ekilyapti
- 07.09.2020 14:55
- 258
- Iqtisodiyot
Kattaqo‘rg‘on tumanida bu yil 1000 gektar yerda xorijdan keltirilgan serhosil, bir yilda ikki marta hosil beradigan qulupnay ekish rejalashtirilgan.
O‘tgan yili tumandagi “Ro‘zimurod Mavlonov” fermer xo‘jaligi tomonidan Polshadan eskportbop qulupnay urug‘i keltirilib, 18 gektar yerda mahalliylashtirildi va joriy yilda tumandagi fermerlar mahsulotlarini bozorlarga yetkazib bermoqda.
– E’tiborli jihati shunaki, bu qulupnay ko‘chatlari zamonaviy seyalkalarda, plyonka ostiga ekilmoqda, – deydi Agroinspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i Nurali Namozov. – Mahalliy ratsionalizatorlar Turkiyadan keltirilgan zamonaviy seyalkalarga qo‘shimcha uskunalar o‘rnatib, qulupnay ko‘chati ekishga moslashtirdi. Ushbu moslama yordamida bir kunda 10 gektar yerga qulupnay qadalyapti.
Abduvali XUDOYOROV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa