O‘zbekistonlik harbiylar ilk bor Moskvadagi paradda ishtirok etmoqda
24 iyun Moskvada urushda qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi nishonlanadi. Bu yil ushbu paradga ilk bor o‘zbekistonlik harbiylar qatnashmoqda. Chunki O‘zbekiston bu g‘alabaga erishishda alohida hissa qo‘shgan.
O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushiga 1 500 000 nafar farzandlarini jo‘natgan. Ulardan 420 000 nafari halok bo‘lib, 130 000 nafari bedarak yo‘qolgan, 640 000 kishi yarador bo‘lgan. Mashhur Stalingrad jangidagi Pavlov uyini himoya qilishda ham tankka qarshi tashlangan namanganlik o‘zbek K.Turg‘unov bo‘lgan. 1945 yil 9 mayda fashistlar Germaniyasining taslim bo‘lishi haqidagi kapitulyasiya aktini toshkentlik uchuvchi A.Toymatov Berlindan Moskvaga olib kelgan.
Urush yillarida mamlakatimizdan frontga 1 0 63 ming tonna bug‘doy, 8 300 bosh qoramol, 67 000 qo‘y, 2 000 traktor va avtomashina, 8 000 bosh ot va xo‘kiz, 170 000 echki uloq, 400 ta parovoz, 7,5 million dona gimnastyorka, 2,6 million telogreyka, 2,2 million juft etik, 2 100 ta samolyot, 17 342 samolyot motorlari, 17 100 minomyot, 22 million dona mina, 650 000 dona snaryad, 2 million dona avia bomba, 1 million dona granata, 330 000 dona parashyut, 5 ta bronepoyezd va 18 ta harbiy sanitar poyezdi jo‘natilgan.
1941-1945 yillarda mudofaa fondiga respublikamiz aholisi tomonidan o‘sha paytdagi miqdor bilan 650 million rubl pul, 22 million dona qimmatbaho buyumlar, 55 kilogramm qimmatbaho metallar, 27 000 tankka qarshi to‘plar uchun ehtiyot qismlar, 60 000 harbiy komplekt kimyoviy himoya kiyimlari va 100 000 pogonometr po‘lat sim, tonnalab sabzavotlar va jun-ipak matolari yuborilgan.
Shuningdek, urushda o‘zining munosib xizmati va jasorati uchun 120 000 dan ortiq o‘zbekistonliklar harbiy orden va medallar bilan taqdirlangan. Shulardan 338 nafari Ittifoq qahramoni bo‘lsa, 82 nafari "Shuhrat" ordenining to‘liq sohiblaridir.
Rustam XO‘JAYoROV,
mehnat faxriysi.