«O‘zbekneftgaz» AJ bugundan boshlab AI-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to‘xtatdi

Bu haqda «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilgi davlat dasturida belgilangan AI-80 benzinidan voz kechish vazifasiga muvofiq, 2 sentyabrdan e’tiboran bu markali benzinni birja savdolariga chiqarish to‘xtatilgan.

AI-92 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga chiqarish hajmlari oshirilgan.
"Shu vaqtga qadar 1000 tonna AI-92 benzini savdolarga qo‘yilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 1720 tonnani tashkil etmoqda. Ichki bozor talabidan kelib chiqib, bu hajmlarni oshirish imkoniyati mavjud.
Joriy avgust oyida tadbirkor iste’molchilar tomonidan xarid qilingan AI-80 rusumidagi avtobenzin hajmlari majburiyat va mavjud qoldiqlar doirasida sentyabr oyida ham o‘z egalariga yetkazib berilishi ma’lum qilinadi", deyiladi xabarda.