O‘zini Prezident administratsiyasi rahbari deb tanishtirib, pul mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- 24.03.2021 16:09
- 213
- Jinoyat va jazo
Noma’lum shaxs prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida soxta profil ochib, fuqarolar bilan muloqotga kirishganligi aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fuqaro o‘zini Prezident administratsiyasi rahbari deb tanishtirib, turli masalalarda, jumladan uy-joy va bank kreditlari ajratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini va’da qilib, fuqarolardan 50 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘larini bank plastik kartasiga o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Ushbu noqonuniy harakatlarni Chirchiq shahar 3-kichik tumanida vaqtincha yashovchi M.M. (1982 yilda tug‘ilgan) sodir etganligi aniqlandi.
Fuqaroga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa