Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ozodbek Nazarbekov: “Oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan hamkorlikni boshlaymiz”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Samarqand davlat universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektor hamda prorektorlari bilan uchrashdi.

– Ta’lim sohasidagi bugungi muammolar va ularning yechimi, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashida qo‘llanilayotgan ta’lim usullari haqida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan fikr almashdik, –  dedi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov. – Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlash va yoshlarni san’at va madaniyatga keng jalb etish maqsadida hamkorlikda loyihalar yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishdik. Kelgusida oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan hamkorlikda ishlaymiz, ya’ni oliy ta’lim dargohlarida badiiy havaskorlik ansambllari tashkil etamiz va yoshlarni turli madaniy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirokini ta’minlaymiz.

Uchrashuv davomida yana bir qator masalalar bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi.

Navro‘z Shodmonqulov.