Parijda sportchilar konditsionersiz xona va "karton to‘shak"lardan shikoyat qilmoqda

Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilayotgan yozgi Olimpiada sportchilari ularga taklif etilayotgan oziq-ovqat, xususan, tuxum va go‘sht miqdorini yetarli emasligidan shikoyat qilgan edi.

Italiyalik suzish bo‘yicha Olimpiya chempioni Tomas Ceccone esa kecha bir necha bor sportchilarning turar joyining noqulayligi haqida shikoyat qilgan. Uning o‘zi noilojlikdan bu holatdan chiqish yo‘lini topgan - parkdagi maysazorda uxlashni afzal ko‘rgan. "Bu konditsionersiz xonadagi karton to‘shakdan ko‘ra qulayroq", degan Olimpiya chempioni Tomas Ceccone.

Eslatib o‘tamiz: ma’lumotlarga ko‘ra, 11 avgustda yakunlanadigan 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida 10,5 mingga yaqin sportchi ishtirok etadi.