Parijning texnik suv oqadigan quvurlarida koronavirus izlari aniqlandi

Parij ko‘chalarini tozalashga mo‘ljallangan texnik suv oqadigan quvurlarda koronavirus izlari aniqlandi, deb xabar berdi Parijning BFMTV telekanali.

Xabarda ta’kidlanishicha, Eau de Paris (“Parij suvlari”) boshqarmasi laboratoriyasi 27 namunadan 4 tasida oxirgi kunlarda virusning “mayda zarralari” paydo bo‘lganini aniqlagan va texnik suv oqadigan quvurlar faoliyati zudlik bilan to‘xtatilgan.

Shu bilan birga, Parij ma’muriyati bu holatning ichimlik suvi quvurlariga aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda.