Past Darg‘om tuman hokimligi 600 ga yaqin oilaga moddiy yordam berdi

588 ta sharoiti og‘ir xonadonga 30 tonna un, 2940 litr yog‘ va shunchadan guruch hamda makaron mahsulotlari tarqatildi.

Koronavirus pandemiyasining kirib kelishi ortidan e’lon qilingan karantin holati boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalar, nogiron va bemorlarni o‘ylantirib qo‘ydi. Past Darg‘om tumani hokimligining ishchi guruhi mahallalar kesimida ana shunday oilalar ro‘yxatini shakllantirdi.  Bugun 588 ta ana shunday muhtoj oilalarga tuman hokimligi tomonidan 30 tonna un,  2940 litr o‘simlik yog‘i, 3 tonnaga yaqin guruch hamda shuncha miqdorda makaron mahsulotlari tarqatildi.

Pastdarg‘om tumani xokimligi axborot xizmati.