Past Darg‘om tumani markazi - Juma shahrida harakat vaqtinchalik cheklandi

Past Darg‘om tumani aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining tuman hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish maqsadida tuman hokimi Sh.Xudoyberdiyevning farmoyishi bilan 21 may kuni soat 19:00 dan boshlab Juma shahriga boshqa hududlardan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning kirishi va harakatlanishi vaqtincha to‘xtatildi.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.