Past Darg‘om tumanida uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tavsiya etildi
- 08.09.2021 15:10
- 159
- Siyosat
Xalq deputatlari Past Darg‘om tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Tumanda 90 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, har bir uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga 19 nafargacha nomzodlar ro‘yxatlari bir muddat avval deputatlarga elektron tarzda tarqatilgan. Sessiya ishida qatnashgan deputatlar nomzodlar bilan tanishib chiqqan holda ularni tavsiya etishni ma’qullashdi.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi a’zolari Latif Rustamov hamda Gulruh Mo‘minova ishtirok etdi.