Past Darg‘omda 1 gektar yer maydonini 200 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
- 10.08.2021 10:03
- 324
- Jinoyat va jazo
Ushbu holat Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda amalga oshirildi.
Ma’lum qilinishicha, 33 yoshli xususiy tadbirkor R.Sh. qarindoshi 1954 yilda tug‘ilgan G‘.N. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Past darg‘om tumanining “Do‘stlik” massividagi “Kimyogarlar” mahallasi hududidan yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini fuqaro A.Sh. ga rasmiylashtirib berish evaziga undan 200 ming AQSh dollari berishini talab qilgan.
Tadbir davomida R.Sh. va G‘.N. bu fuqarodan kelishilgan mablag‘ning 190 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda bu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.