Past Darg‘omda 5 million so‘m qarzdorlikni tarmoqdan o‘chirib berishni va’da qilgan elektromontyor qo‘lga olingan
Bu ish iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi, DXX Past Darg‘om tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda amalga oshirilgan.
Aniqlanishicha, tuman elektr ta’minoti korxonasi Go‘zalkent hududi elektromontyori vazifasida ishlovchi D.B. xizmat vazifasiga kirmasa-da, fuqaro D.P.ni aldab, uning yashash xonadonining elektr energiyadan bo‘lgan 5 million so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishni va’da qilgan. U mazkur “xizmati” evaziga firibgarlik orqali, tadbirda foydalanish uchun berilgan, 700 ming so‘m pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi Go‘zalkent hududi elektromontyori vazifasida ishlovchi D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi.