Past Darg‘omda fermer xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
- 14.04.2022 12:06
- 292
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, IIB va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Past Darg‘om tumanidagi “Saddam Salimov” fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.
Tadbir davomida tumanda yashovchi “R.B.” “Saddam Salimov” fermer xo‘jaligi ishchisi “R.O.” bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroga o‘zini tuman hokimligi yuqori lavozimli xodimi deb tanishtirib, fermer xo‘jaligi tasarrufidagi 40 sotix yer maydonini 20.400 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Undan ushbu pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa