Past Darg‘omda imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tekshiruvda, “N.” MChJ rahbari M.M. "MDF" eshiklarini ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish uchun hududdagi tijorat bankdan ajratilgan 837,2 million so‘mlik kredit mablag‘ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.