Past Darg‘omda mahalladoshining xonadonidan 12 million so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi
5 noyabr kuni Past Darg‘om tumani IIBga tumanning Joul Qosim mahallasida yashovchi A. ariza bilan murojaat qilgan.
Unda 2020 yil 20 oktyabr kunidan 01 noyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, jami bahosi 12.000.000 so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringanligini, ushbu noma’lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Hudud profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Past Darg‘om tumani Joul Qosim mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan F. sodir etganligi aniqlanib, uning yashash xonadonidan daliliy ashyolar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.