Past Darg‘omlik fuqaro xonadoniga noyob qush - ko‘l buqasi qayerdan keldi?
- 14.11.2019 11:09
- 870
- Hodisa
Joriy yilning 12 noyabr kuni Past Darg‘om tumani Juma shahri, Olmazor ko‘chasi, 13-uyda yashovchi fuqaro Shavkat To‘rayev uyiga noma’lum bir qush uchib kelgani haqida tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasiga murojaat qildi.
Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan joyiga borib o‘rganilganda, Shavkat To‘rayev xonadoniga kelib qolgan ushbu qush katta ko‘l buqasi (vip) bo‘lib, u O‘zbekistonning ko‘l hududlarida ko‘proq uchraydi. Hozirgi kunda bu qush yo‘qolib ketish xavfi ostida qolayotgan noyob turlardan biri hisoblanadi.
Xonadon sohibining aytishicha, qush bu yerga holsiz ahvolda kelib qolgan.
Inspektorlar tomonidan joyida dalolatnoma tuzilib, katta ko‘l buqasi Jomboy tumanida joylashgan "Zarafshon" milliy tabiat bog‘iga topshirildi.
Sanjar SADULLAYeV,
viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 51 daqiqa avval
- Dolzarb