Pastdarg‘omlik bolalar yozgi ta’tilni “Sog‘lom avlod”da o‘tkazadi
Kecha, 25 may kuni “Zarnews.uz” saytida “Qish uyqusi”dan uyg‘onmaganlar” nomli tanqidiy maqola e’lon qilindi. Unda Urgut tumanida joylashgan Past Darg‘om tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi “Go‘zalkent” oromgohining mavsumga tayyor emasligi ta’kidlangan.
Haqiqatan ham “Go‘zalkent” oromgohi yozgi ta’til davrining ma’lum qismida bolalarni qabul qilish sharoitiga ega emas.
Shuning uchun pastdarg‘omlik o‘quvchilar yozgi ta’til davrining dastlabki bosqichida Samarqand tumanida joylashgan “Sog‘lom avlod” bolalar yozgi oromgohida hordiq olishadi.
Bugungi kunda “Sog‘lom avlod” bolalar yozgi oromgohida barcha zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Qisqa fursatlarda ushbu tayyorgarlik ishlari yakunlanib, oromgoh bir navbatda 280 nafar bolalarni o‘z bag‘riga olishi kutilmoqda.
"Go‘zalkent" oromgohida esa yozgi ta’til davrining ikkinchi bosqichi boshlangunga qadar tuman hokimligi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.
Samarqand viloyati xalq ta’limi
boshqarmasi axborot xizmati.