Pastdarg‘omlik g‘allakorlar 50,5 ming tonnalik g‘alla xirmoni yaratdi
- 09.07.2020 12:45
- 96
- Iqtisodiyot
Joriy yilda Past Darg‘om tumanida 2020 yil hosili uchun 17 ming 466 gektar suvli va 1000 gektar lalmi maydonda g‘alla parvarish qilindi.
Yetishtirilgan donni o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish maqsadida o‘rim-yig‘im mavsumida 41 ta yuqori unumli kombayn biriktirilib, otryad uslubida ish olib borildi.
Suvli maydonlarda hosildorlik 69 sentnerni, lalmi yerlarda 18 sentnerni tashkil etdi.
Davlat xirmoniga 50 ming 549 tonna don topshirilib, belgilangan shartnoma rejasi 22 ish kunida ado etildi.
Ushbu natijada g‘allaning har gektaridan 79 sentnerdan hosil olgan “Murod chavandoz”, 70 sentnerdan ortiq hosil yetishtirgan “Surmonov Otaqul”, “Qayermadagi Qaldirg‘och” fermer xo‘jaliklarining hissasi katta bo‘ldi.
Past Darg‘om tumani axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa