Payariqda kuyov qaynota-qaynonasini vahshiylarcha o‘ldirgan
Payariq tumani Nakurt mahallasi Bekto‘pi qishlog‘ida yashovchi Javlon Mirzayev o‘z qaynota va qaynonasini shafqatsizlarcha o‘ldirgani aytilmoqda.
Bosh Prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning OAVga ma’lum qilishicha, 2024 yil 10 iyun kuni soat 12:00 larda 1988 yilda tug‘ilgan M.J. Payariq tumani Nakurt mahallasida yashovchi qaynotasi uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i Z.A. bilan oilaviy kelishmovchiligi oqibatida kelib chiqqan janjal davomida, dastlab qaynonasiga, so‘ng janjal ovozlariga kelayotgan qaynotasiga oshxona pichog‘i bilan ko‘plab kesuvchi va sanchib, kiruvchi jarohatlar yetkazgan. Oqibatda ikkalasi ham olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.
“Mazkur holat yuzasidan J.Mirzayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi bo‘yicha J.Mirzayev gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlangan holda Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi”, deya xabar bergan Hayot Shamsuddinov.