Payariqdagi iqtisodiyot va servis kolleji yotoqxonasida karantinga olinganlarga joy tayyorlanmoqda
- 23.07.2020 17:40
- 211
- O‘zbekiston
Tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga qo‘shimcha ravishda Payariq tuman iqtisodiyot va servis kollejining yotoqxonasida "COVID-19" infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan fuqarolar uchun 200 o‘rinli zaxira karantin zonasi tashkil etilmoqda, deb xabar berdi Payariq tumani hokimligi axborot xizmati.
Bugun tuman mutasaddilari mazkur hududda bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun o‘tkazilgan brifingda viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov o‘tgan bir sutkada viloyatda 42 kishida, jumladan, Payariqda 1 kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa