Pekinda bog‘cha va maktablar qayta ishga tushiriladi

Pekinda koronavirus infeksiyasi tufayli yopilgan maktab va bog‘chalar iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich qayta ishga tushiriladi. Bu haqda 13 may kuni Pekin ta’lim qo‘mitasi rasmiy vakili Li I matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, epidemiologik talablarni bajargan holda 6 iyundan boshlab bitiruv sinf o‘quvchilari o‘z xohishlariga binoan darslarga qatnashlari mumkin.

1 iyun sanasidan boshlab boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun bosqichma-bosqich darslar o‘tilishi boshlanadi.

Bundan tashqari, 8 iyun sanasidan boshlab bog‘chalar ham bosqichma-bosqich faoliyatini tiklaydi. Bolalarini bog‘chaga yuborish yoki yubormaslikni ota-onalarning o‘zlari hal qiladi.