Pekinda g‘alati tabiat hodisasi yuz berdi – shahar hududini kunduzi zulmat qopladi
- 28.05.2020 20:36
- 669
- Xorij
Xitoy poytaxti Pekinda kunduz kuni, quyosh chiqib turganda to‘satdan qorong‘i tushdi. Bu g‘alati tabiat hodisasini tasvirga olgan poytaxtliklar videolavhalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmoqda. Bu haqda “Planeta novosti” portali xabar berdi.
Xabarda ma’lum qilinishicha, 24 may kuni deyarli bir necha daqiqa ichida shahar hududlarining birini zulmat qoplab olgan, xuddi qorong‘i tushgandek.
Videolavhalarni tomosha qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turli fikr mulohazalarni bildirishmoqda. Fikrlar orasida bu qiyomat alomati, degan taxminlar ham mavjud.
Biroq mutaxassislar g‘alati tabiat hodisasi yuzasidan hozircha hech qanday fikr bildirmadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa