Pensiya tayinlashda talab qilinadigan hujjat turlari qisqardi
- 07.02.2020 09:38
- 632
- Dolzarb
Prezidentning tegishli qaroriga asosan fuqarolardan 28 turdagi ma’lumotnomani talab etish taqiqlangan. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lumot berildi.
Jumladan, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan quyidagi 6 turdagi hujjatlar talab qilinmaydi.
- Turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma;
- Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- Dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.