Pensiyalarni naqd pulda olish borasida hech qanday cheklovlar kiritilmagan. Biroq...
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda pensiya to‘lovlarini plastik kartalarga o‘tkazish orqali to‘lash masalasi keng muhokama qilinmoqda. Shu o‘rinda buning asl mohiyatni to‘g‘ri anglash maqsadga muvofiq.
Avvalo, bu masala ma’lum muddatda, bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqariladi. Chunki axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yanada takomillashib borayotgan bir paytda naqd pulsiz hisob-kitoblarning masofadan turib amalga oshiriladigan yangi turlari kengaya boradi.
Shu bilan birga, bu jarayonga parallel ravishda naqd pul olish imkoniyatini beradigan bankomatlar tizimi kengaytiriladi. Shuningdek, jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan naqd puldan foydalanishni minimal qisqartirishga erishiladi.
Lekin bugungi kunda pensionerlar o‘z pensiyalarini naqd pulda olishlariga hech qanday cheklovlar kiritilmaganini ham ta’kidlash joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati.